Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi

Фото: Металлоинвест

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilib vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekistonning Turkiyadagi bosh konsulxonasi matbuot xizmati.

Hodisa aprel o‘rtalarida Istanbulda yuz bergan. Sultanbeyli tumanida vaqinchalik yashayotgan va ish faoliyatida bo‘lgan Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro ish joyida zinadan yiqilib hushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.

“Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi kasalxonaning morg bo‘limida bo‘lib, yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.