O‘zbekiston elchixonasi Hindistonda 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq surishtiruvni nazoratga oldi

Фото: “Дунё” агентлиги

Joriy yil 6-may kuni Dubaydan Dehliga uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro tilla quymalarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan edi. Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Diplomatik missiya vatandoshlarimizdan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikka, samolyotga chiqish oldidan begona kishilardan yuk yoki buyumlar olmaslikka chaqiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.