Andijonda muhandislik maktabi tashkil etiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Asaka shahridagi “UzAuto Motors“ aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurib, u yerdagi Tadqiqotlar va rivojlantirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar beryapti.

Shuningdek, markazda dual ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan Andijon shahridagi texnik va muhandislik sohasida kadrlar tayyorlovchi texnikum va oliy ta’lim muassasalarining pedagog-o‘qituvchilari, o‘quvchi hamda talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Unda Muhandislik maktabini tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Tarmoq tashkiloti, oliy va professional ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilajak muhandislik maktabining o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi”, – deyiladi xabarda.

Vazir mazkur Muhandislik maktabi innovatsion madaniyatning rivojlanishiga, kadrlar tayyorlash sifatining oshishiga, shuningdek, ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.