O‘zbekiston demokratiya darajasi past mamlakatlar guruhiga kiritildi

Фото: курсив

O‘zbekiston Freedom House xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining 2024-yil uchun demokratiya indeksida jami 7 balldan 1,18 ballni qo‘lga kiritdi.

Mamlakat ko‘rsatkichi 2023-yilga nisbatan pasaygan (o‘shanda 1,21 ball olgan edi).

Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlar ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:

  • Qirg‘iziston — 1,64 ball;
  • Qozog‘iston — 1,29 ball;
  • Tojikiston — 1,04 ball;
  • Turkmaniston — 1 ball.

Ta’kidlash joiz, Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi “birlashgan avtoritar rejimlar”ga kiritilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.