O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

“Qarorga ko‘ra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolar 2024-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi”, – deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar esa 2024-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.