Yevroittifoq Isroilga qilingan hujumdan keyin Eronga yangi sanksiyalar kiritishini e’lon qildi
Yevroittifoq mamlakatlari yetakchilari Bryusseldagi sammit yakunlangach, Isroilga qilingan hujum munosabati bilan Eronga nisbatan sanksiyalar kengaytirilishini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. YeI bayonotiga ko‘ra, cheklovlarning aksariyati dron va raketalar ishlab chiqarishga tegishli bo‘ladi.
“Yevropa ittifoqi avvalgidek, mintaqada nizo kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va xavfsizlikga ko‘maklashishning to‘liq tarafdori”, — deyiladi YeI yetakchilarining qo‘shma bayonotida.
Eron raketa dasturi va dronlar bo‘yicha dasturiga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga Yevroparlament rahbari Roberta Metsola Yevropa yetakchilari qarshisida nutq so‘zlayotib, da’vat etdi. Bundan tashqari, u Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK)ni Yevropaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishni yoqlab gapirdi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, IIPK bu ro‘yxatga kiritilishi uchun sud ushbu tashkilot terakt sodir etdi, deb topishi kerak, ammo “hozircha bunday emas”.
14-aprelga o‘tar kechasi Eron yuzlab dronlar va raketalar yordamida Isroil hududiga hujum qildi, ular AQSH va Buyuk Britaniya ko‘magida urib tushirildi. Zarba 1-aprel kuni Isroil tomonidan Eronning Damashqdagi elchixonasiga qilingan hujumga javoban berildi. Shundan keyin Isroil armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Gersi Xalevi Isroil Eronga javob zarbasi berishini aytdi.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Eron tomonidan 14-aprelga o‘tar kechasi qilingan hujumga qanday javob qaytarishi haqida qaror qabul qilib bo‘lgan, ammo bu javob beriladigan vaqt hozircha aniq emas.
Sharhlar