Pravoslav ruhoniy va dindorlari Rossiya hukumatidan Aleksey Navalniyning jasadini oilasiga berishni so‘rashdi

Фото: DW

Murojaat Rossiyada urushga qarshi pozitsiyasi uchun ta’qib qilinayotgan ruhoniylarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan “Barchaga tinchlik” loyihasining veb-saytida e’lon qilingan:

“Aleksey Navalniy nafaqat muxolifatchi siyosatchi, balki dindor, pravoslav nasroniy ham edi. Uning xotirasini hurmat qilishga chaqiramiz.

Bunday sodda va insonparvar iltimosini rad etib, uning o‘limi fojiasiga soya solmang <…> Onasi, xotini, farzandlari va yaqinlariga rahm-shafqat qiling. Har bir inson insoniy dafn etishliga loyiqdir.

Hatto imperatorga xiyonat qilishdan qo‘rqib, Masihni qatl etishga qaror qilgan Pontiy Pilat: “Agar uni qo‘yib yuborsang, Qaysarning do‘sti emassan” (Yuhanno 19.12), Najotkorning jasadini ozod qilishga to‘sqinlik qilmadi va uning dafn etilishi amalga oshirilgan. Pilatdan ko‘ra shafqatsizroq bo‘lmang. To‘g‘ri qaror qabul qiling”, – deyilgan munosabatda.

Murojaatni to‘qqiz kishi, jumladan Dyusseldorfda Navalniyni xotirlash marosimini o‘tkazgan protoyerey Andrey Kordochkin va ruhoniy Valerian Dunin-Barkovskiy imzolagan. Imzolar to‘plash loyiha veb-saytida ochiq.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.