Jizzax viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining VII Boshqaruv yig‘ilishi bo‘ldi

Jizzax viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining VII Boshqaruv yig‘ilishi bo‘ldi

60 ga yaqin davlat va jamoat tashkilotlarining rahbar va mas’ul xodimlarilaridan iborat Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvi a’zolari, viloyat boshqarma va tashkilotlaridagi Xotin-qizlar qo‘mitasining Boshlang‘ich tashkilotlari raislari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari (ayollar), viloyat ayollar NNTlari rahbarlari, siyosiy partiyalarning “Ayollar qanotlari” rahbarlari, hududiy  Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etilgan yig‘ilishni viloyat  hokimi o‘rinbosari Gulnora To‘raeva boshqarib bordi. 
Ma’lumki, Xotin-qizlar qo‘mitasining Boshqaruvi yig‘ilishi tizim faoliyatini tahlil va sarhisob etish, kelgusidagi rejalarni belgilab olish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, quyi tizim faoliyatiga yangicha yo‘nalishlar berish, tajriba almashish kabi jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navbatdagi boshqaruv yig‘ilishida 10 dan ortiq dolzarb mavzular muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining hamkorlikdagi faoliyati hamda “Sog‘lom ona va bola yili”da amalga oshirilishi kutilayotgan rejalari tahlil etildi. SHuningdek, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining 2016 yil uchun mo‘ljallangan Ish rejasida ustuvor yo‘nalishlarni aks ettiruvchi tadbirlarni tashkil qilishga alohida urg‘u berildi.

Ma’lumot o‘rnida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3434-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan 2015 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:

Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yo‘nalishida:
BMTning “Ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi CEDAW Konvensiyasining ijrosi yuzasidan Viloyat, shahar va tumanlar Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan 30 dan ziyod seminar va targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Jumladan, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida  shahar-tuman Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari hamda Konvensiya bo‘yicha Milliy Harakat Dasturining bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish uchun tuzilgan Ishchi guruhi a’zolari,, hudud miqyosida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limlarining xodimlari uchun seminarlar o‘tkazildi.
Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘nlab «Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi hali…», “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman” mavzusida oliy ta’lim, umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida ijodiy uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

Jizzax Davlat pedagogika institutida “Zulfiya ijodining milliy o‘ziga xosligi va umuminsoniy ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

 Ayollar bandligini ta’minlash masalasida:
Farmonning muhim yo‘nalishlaridan biri xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish, ayniqsa, qishloq joylarda ularning mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha Viloyat dasturiga muvofiq, 2015 yilda 14 569 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 14 852 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, ya’ni dastur ijrosi 101,9 foizga bajarildi.

Ayollar, ayniqsa, yosh qizlar o‘rtasida ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kichik biznesga jalb qilish borasida Viloyatda  82 ta o‘quv-seminarlari tashkil etilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Banklar assotsiatsiyasi hamkorligidagi loyiha doirasida 2 ta – Baxmal va G‘allaorol tumanlarida “Tadbirkorlik – farovon hayot poydevori, banklar – obod turmush garovi” mavzusidagi seminarlar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Mrakaziy banki va Germaniyaning Xalqaro hamkorlik omonat kassalari jamg‘armasining “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Tadbirkor ayollar” maslahat markazi tomonidan yil davomida ayollar va kollej bitiruvchilari o‘rtasida 51 marotaba “O‘z ko‘rsatkichingni belgilab ol” mavzusidagi biznes o‘yini hamda “Bitiruvchilarning ilk mustaqil qadami” mavzusidagi tadbirkorlikka yo‘naltiruvchi seminarlar o‘tkazildi. Bu seminarlarda jami 1056 nafar ayollar va kollej bitiruvchilari ishtirok etgan.

Ayollar va kollej bitiruvchi qizlari bandligini ta’minlashdagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida Viloyat hokimi bilan birgalikda “Ochiq muloqot” o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur tadbir o‘tkazilishidan bir hafta ilgari OAVlarida e’lon berib borilib, belgilangan kunda fuqarolarning Viloyat hokimi, hokim o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ishtirokida masalalari o‘rganilmoqda va tegishligigi bo‘yicha ishga joylashtirilmoqda. Akademik litseylarni tamomlagan, mutaxassisligi yo‘q yoki qo‘shimcha mutaxassisliklar bo‘yicha yoshlar o‘quv markazlariga kasb-hunar egallashga yo‘naltirilmoqda.

2015 yil davomida viloyatda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan           1253 nafar xotin-qizlarga ajratilgan kreditlar miqdori 44 716 ming so‘mni tashkil etdi.

2013 yildan buyon O‘zbekistonXotin-qizlar qo‘mitasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Respublika miqyosida “Tadbirkor ayolning eng yaxshi loyihasi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. 2015 yilda o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, Respublika bosqichida ishtirok etgan Atajanova Ullijon Nazarovna – Zarbdor tumanidagi “Ullijon-Otajon” xususiy korxonasi rahbari  “Ishlab chiqarish borasida eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha 1 – o‘rinni, Sulaymonova Umida Musurmonovna – Jizzax shahrida  yakka tartibdagi tadbirkor (go‘zallik saloni) “Servis sohasidagi eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kredit olish huquqini beruvchi bank sertifikatlarini qo‘lga kiritidilar. To‘raeva Ziyoda Keldievna – Forish tumanidagi “Marat MN” xususiy korxonasi rahbari “Qishloq joylarda eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom oilani shakllantirish, xotin-qizlar va oilaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari xususida:
Viloyatda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasida 2015 yil davomida 304006 nafar tug‘ish yoshidagi ayollar va 132845 nafarida sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joriy etilgan “Salomatlik sektorlari” faoliyatiga asoslangan oilaviy poliklinika (OP) va qishloq vrachlik punktlari (QVP) oilaviy shifokorlari va patronaj hamshiralariga belgilangan hafta kunlari davomida: dushanba – nuroniylar kunida 2574 ta tadbirlar o‘tkazilib, ularda 28082 nafar aholi, seshanba – Homiladorlar kunida 14 293 nafar homiladorlar o‘rtasida 961 o‘tkazilgan tadbirlar, chorshanba – bolalar va o‘smirlar kuni 2383 ta tadbir o‘tkazilib, ularga 36 457 nafar bolalar jalb etildi.  Payshanba – xonadon va ekologiya kunida o‘tkazilgan tadbirlar soni 3689 tani tashkil etib, ularda 31001 nafar aholi ishtirok etdi. Juma – ayollar va qizlar kuni munosabati bilan 4088 ta tadbir uyushtirilib, 36567 nafar xotin-qizlar qatnashdilar. SHanba – o‘quv muassasalari kunida o‘tkazilgan tadbirlar 3999 tani tashkil etib, ularga jami 50653 nafar o‘quvchi-yoshlar qamraldi. “Salomatlik sektori” tomonidan yil davomida OAVlari orqali 180 dan ortiq axborot-maslahat materiallari yoritildi.

Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining “Jizzax Viloyatida bolalar farovonligining monitoringi” loyihasi Xalqaro YUNISEF Bolalar jamg‘armasining grantiga sazovor bo‘lib, loyiha 2015 yilning iyun-noyabr oylari davomida amalga oshirildi. Jizzax Viloyatida bolalar farovonligini ta’minlashni monitoringning mavjud mexanizmini joriy etish orqali  muhim yo‘nalishini amalga oshirish hamda loyihaga tanlab olingan pilot shahar-tumanlarning maktabgacha ta’lim muassasalari – Arnasoy tumanidagi “G‘uncha, “Navro‘z” MTMlari; Zomin tumanidagi “Do‘stlik”, “Boychechak” MTMlari; Jizzax shahridagi “Navro‘z”, “SHabboda” MTMlarida bolalar o‘rtasida gelmintozlar bilan zararlanish darajasini kamaytirishga qaratildi. Loyiha barqarorligini ta’minlash maqsadida bu boradagi ishlar 2016 yilda ham davom ettirilishi hamda orttirilgan tajriba boshqa hududlarda ham tadbiq etilishi rejalashtirilgan.

Ayollar sportini rivojlantirish borasida ham qator ishlar olib borilgan.
Jumladan, yangi ochilgan sport seksiyalari soni o‘tgan yilga nisbatan 23 taga (44-67), ularga jalb etilgan xotin-qizlar soni 7926 (23788-31714) taga ko‘paygan. Ommaviy sport tizimiga jalb etilgan oilalar soni 476 tadan 788 taga oshgan.
Sportning ommaviyligini ta’minlash maqsadida 12 may kuni Jizzax shahridagi Matluba gimnastika saroyida “Otam, onam va men-sportchilar oilasimiz” sport musobaqasining Viloyat bosqichi, 16 may kuni 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yugurish marofoni bo‘lib o‘tdi.

Aholining sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish va ommaviyligini ta’minlash orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida 25 iyul kuni Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida “Ayollar sport festivali”ning viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda sportning 7 ta turi – valeybol, stretbol, engil atletika, stol tennisi, darts, shaxmat va suzish bo‘yicha mubobaqalarda 150 dan ziyod 25 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Joylarda olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlarining samaradorligi natijasida Viloyatda bir qator ijobiy natijalar qayd etilgan.

Xususan, 15-16 yoshli qizlar o‘rtasida erta ona bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

17 yoshli tug‘ruqlar soni ham 2014 yilda 7 taga qayd etilgan bo‘lsa, bu holat 2015 yilga kelib  3 taga, ya’ni, 4 taga kamayishiga erishilgan.

35-44 yoshda tuqqan ayollar soni (238-223) o‘tgan yilga nisbatan 15 taga kamaygan. 4-tug‘ruqlar soni o‘tgan yilning shu davriga qaraganda (944-930) 14 taga kamaygan. 5- va undan keyingi tug‘ruqlar holati 2014 yilda 82 taga qayd etilgan bo‘lsa, bu holat 2015 yilga kelib 73 tani tashkil qilib, 9 taga kamayishiga erishilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy sohada:
Respublikaning barcha ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda “Orasta qizlar” to‘garaklari va “Orasta qizlar davrasi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu to‘garak a’zolari tomonidan “ 12 yillik majburiy ta’lim – biz qizlar uchun o‘ta zarur va muhim” mavzularida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

“Orasta qizlar” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan viloyatimiz vakilalari “Eng faol qizlar jamoasi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib qaytishdi.
Ayollarning ma’naviyatini yuksaltirish, diniy e’tiqodi, dunyoqarashi va sof intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jizzax Politexnika instituti bilan hamkorlikda har yili an’anaviy tarzda “Ayol – ma’naviyat gulshani” Respublika ilmiy-amaliy anjumani, “Kamolot” YOIH Viloyat Kengashi bilan hamkorlikda farzand tarbiyasida oiladagi ma’naviy muhitning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, ota-onaning farzandlariga nisbatan ibrat yo‘li va mas’uliyatini oshirish, alohida e’tibor talab etadigan voyaga etmagan bolalar va oilalar bilan indevidual ishlar olib borish maqsadida viloyatning 1 ta shahar va 12 ta tumanlarida “Oila mustahkamligi-farzand kamoloti” mavzusida profilaktika inspektorlari,  xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ta’lim muassasalarining psixologlari ishtirokida 39 ta seminarlar o‘tkazildi.

Boshqaruv yig‘ilishida o‘tgan yilda amalga oshrilgan mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilib, qo‘mitaning 2016 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlab olindi.

 
 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.