Surxondaryoda tulki bolalari fotoqopqonga muhrlandi (video)

Фото: Минэкологии

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga tulki bolalari muhrlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tulki itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchidir. Tana uzunligi 60-90 sm, dumi 40-60 sm, vazni 6-10 kg ga etadi. Oʻzbekistonda 2 xil tulki (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning ovqatlanishi va yashash joylari xilma-xil bo’lib, asosan kemiruvchilar, sutemizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, tulki 4-6, ba’zan 17 tagacha bola tug‘adi. Tulkilar kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.