Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi (video)

Фото: Комсомольская правда

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekistondan kelgan ko‘cha supuruvchisi qadimiy uyda yuz bergan yong‘indan ayollarni qutqardi, deb xabar beradi “Komsomolskaya pravda”.

Hodisa 25-aprel kuni Podolskaya ko‘chasida yuz bergan. Voqea joyiga birinchi bo‘lib Olimjon ismli 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yetib kelgan.

“Tongda ishga keldim va uyning derazasidan olov chiqayotganini ko‘rdim. Darhol o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildim. Olov kuchaydi va odamlar derazadan tashqariga chiqa boshladi. Ayollar qichqirib, pastga sakramoqchi bo‘ldi. Sakramanglar, o‘t o‘chiruvchilar hozir sizlarni qutqaradi, dedim. O‘t o‘chiruvchilar allaqachon zinapoyani ochib, yuqori qavatga chiqayotgan edi”, — dedi u.

Erkak suv-oqova quvuri orqali uchinchi qavatga ko‘tarilgan va derazada turganlarga yordamlashgan. Keyin o‘t o‘chiruvchilar kelib, narvonni o‘rnatgan. Olim ayollarni pastga tushirishga yordam bergan.

“Hammaga yordam berish kerak. Odamning millati qanaqa ekanligining menga farqi yo‘q. Yetti yilda Rossiya menga xuddi vatandek bo‘lib qoldi”, — dedi o‘zbekistonlik.

Sankt-Peterburg Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘inga eng murakkab kategoriyani berdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.