O‘zganing fotosuratlariga haqoratli so‘zlar yozib tarqatgan ayol qo‘lga olindi

Фото: Киберхафсизлик маркази

Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli ayol R.D. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “Man baxtlimaaannn” nomli profil egasi, R.D.ning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan Internet ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Sirg‘ali tumanida yashovchi 30 yoshli ayol X.F. sodir etganligi aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, “gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.F., jabrlanuvchi R.D.ning fotosuratlarini “Telegram” messenjeridagi “Man baxtlimaaannn” nomli profilda, shuningdek, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi “allohim_0101” akkaunti orqali R.D.ni turli so‘zlar bilan haqoratlab, kamsitgan va ushbu akkauntda uning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan joylashtirganligi aniqlangan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan”.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 140-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.