Islom sivilizatsiyasi markazida qancha kitob saqlanmoqda

Фото: Президент матбуот хизмати

Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxona va arxiv fondida saqlanayotgan manbalar soni 566 283 taga yetdi, deb xabar bermoqda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minavarov.

“Ular: 2037 dona qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar, 28 028 dona zamonaviy nashrlar va 536 218 ta elektron resursdan iborat”, – deyiladi xabarda.

2024 yilning I choragi mobaynida Markaz kutubxona fondiga 1380 dona kitoblar qabul qilinib, ular qisman xarid qilinmoqda va qisman hadya sifatida olinmoqda.

Markazda 1 nafar akademik, 5 nafar fan doktori (Dsc), 11 nafar falsafa doktori (Phd), 21 nafar magistr faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan respublika va xorijiy nashrlarda 9 ta ilmiy maqola e’lon qilingan.

2024 yil 1 choragida 5 dona (3 ta qo‘lyozma, 2 ta toshbosma) kitoblar qayta ta’mirlanib, muqovalari tiklangan. Markaz tashkilotchi va hamkor sifatida 10 ta xalqaro tadbir va uchrashuvlarni o‘tkazgan. Xususan, 2 ta onlayn uchrashuv, 2 ta davra suhbati, 6 ta xorijiy delegatsiyaning Markazga tashrifi tashkil qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.