Kuchli shamol Sirdaryoda ko‘p qavatli uy tomini uchirib ketdi

Фото: Оқолтин тумани ҳокимлиги

Tarmoqlarda “Kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli uyning tom qismiga yetkazdi” mazmunidagi xabarlar yuzasidan dastlabki ma’lumot taqdim etildi.

Kuzatilgan kuchli shamol ta’sirida Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani “Yangi davr” mahallasi Yoshlar ko‘chasidagi 19-ko‘p qavatli uyning profnastil bilan qoplangan 10 kv. metr tom qismiga zarar yetgan.

“Ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga tuman hokimi, sektor rahbarlari va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi. Sodir bo‘lgan holat oqibatida insonlarning tan jarohati olishi yoki boshqa noxush holatlar kuzatilmagan”, – deyiladi xabarda.

Ayni paytda talofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.