Noqonuniy tarzda valyuta ayirbolash bilan shug‘illanganlar qo‘lga olindi

Фото: departament.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.Sh.jami 3 500 AQSH dollarini fuqaro X.S.ga 44,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra “Departamentning Denov tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Z.M. va S.M. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro M.X.ga 37,8 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 3045 AQSH dollari, 41 ming rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan”.

Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. jami 2 800 AQSH dollarini fuqaro A.D.ga 35,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.