AQSHda sayyohlar samolyoti qulab tushdi, 5 kishi halok bo‘ldi

крушение
Foto: WSLS

AQSHda sayyohlar samolyoti shoshilinch qo‘nishga urinish chog‘ida halokatga uchradi. Hodisa Virjiniya shtatida yuz berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagigacha yetib borolmagan, daraxtlar orasidan uchib o‘tib, tepalik qiyaligiga borib urilgan.

Bortda besh kishi: to‘rt nafar katta odam va bir nafar yosh bola bo‘lgan. WSLS nashri huquq-tartibot organlariga tayanib yozishicha, hech kim omon qolmagan. Halokat joyiga mahalliy favqulodda xizmatlar yetib kelgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.