Bugun Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz bo‘lmaydi

Foto: “Hududgazta’minot”

24-aprel kuni Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bunday holat taʼmirlash ishlari tufayli yuzaga keladi, deyiladi “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabarida.

Gaz quyidagi hududlarda bo‘lmaydi:

— Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilar: “Oltintopgan” MFY Barkamol ko‘chasidagi 230 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar: 16 ta

— Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilar: “Navqiron” MFY Sergeli 1-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 178 ta xonadon

“Olchazor” MFY Lutfikor ko‘chasidagi 163 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar: 4 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.