Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar qulamoqda (foto va video)

Фото: Cоц Сети

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bugun, 28-mart kuni kuzatilayotgan kuchli shamol oqibatlari aks etgan foto va videolar tarqalmoqda. Xususan, ba’zi hududlarda daraxtlar qulab tushgan.

Chilonzor tumanida ko‘p qavatli turar joy yonidagi katta bir daraxt uy tomonga qarab qulagan. Yana bir joyda esa Cobalt avtomobili daraxt ostida qolgan.

Toshkent hokimligi aholiga murojaat qilib, ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.

“Bugun Toshkent shahrida kuchli shamol bo‘lishi kuzatilmoqda, shuningdek yog’ingarchilik bo’lishi kutilmoqda. Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.