Qum bo‘roni tufayli Rossiyaning Amur viloyati qizg‘ish tusga kirdi (foto va video)

Фото: Кадр из видео

Rossiyaning Amur viloyatiga Xitoy va Mo‘g‘ulistondan qum bo‘roni kirib keldi, natijada Blagoveshchensk shahri osmoni qizg‘ish tusga kirdi.

Bo‘ron tufayli ko‘chalar qumga to‘lgan, mahalliy aholi nafas olish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilmoqda.

Mintaqaviy gidrometmarkazda aniqlik kiritishlaricha, qum bo‘roni Amur viloyatida yana bir necha kun davom etadi.

Mahalliy aholiga zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, chang va qum kirmasligi uchun ko‘zlarni yopib yurish tavsiya etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.