Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi

скорая
Фото: МДС

Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 20-mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (2008-yilda tug‘ilgan) M. D. 2006-yilda tug‘ilgan O. A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.

O. A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.