KXDR yetakchisi Kim Chen In yangi turdagi tankni sinovdan o‘tkazdi

Foto: KMTA

KXDR yetakchisi Kim Chen In tank ekipajlari musobaqasida yangi turdagi jangovar mashinani sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA). Musobaqalarga davlat rahbari bilan birga mudofaa vaziri Kan Sun Nam va Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Li Yon Gil ham keldi.

“Tank ekipajlarini ko‘zdan kechirganidan keyin, o‘rtoq Kim Chen In yangi turdagi liniyali tankka shaxsan o‘zi o‘tirdi va shturvalni qattiq ushlab, tankni yurg‘izdi”, — deyiladi KMTA xabarida. Ta’kidlanishicha, Kim Chen In tankning jangovar qobiliyati yuzasidan “qoniqish bildirgan”, shuningdek, uning “manyovr qilish qobiliyatini va quvvatini yuqori baholagan.

Bir hafta avval, 7-mart kuni Kim Chen In Koreya xalq armiyasi bosh bazasiga tashrif buyurib, harbiy mashg‘ulotlarni kuzatgan edi. U o‘zi ko‘rgan narsalardan qoniqish bildirib, “yuzaga kelgan vaziyat talablaridan kelib chiqqan holda, urushga tayyorgarlikni tezlashtirish”ga chaqirgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.