Qrimda tunda portlashlar yuz berdi, harbiy aerodrom yonmoqda (video)

Фото: УНиан

17-aprelga o‘tar kechasi Qrimda portlash ovozlari eshitildi. Rossiya hukumati hozircha voqea yuzasidan izoh bergani yo‘q.

3:30 dan keyin Jankoy shahri Telegram-kanallarida “xotirjamlikni saqlash” va rasmiy axborotni kutish haqida da’vatlar paydo bo‘ldi. Harbiy kanallar raketa xavfi va nishonlar bo‘yicha ishlar haqida yozdi. Tez orada Astra kanali mahalliy aholi harbiy aerodrom hududidagi yong‘in haqida yozayotganini ma’lum qildi.

Ushbu aerodromda Rossiya Harbiy-havo kuchlari vertolyot polki, Janubiy harbiy okrugning havo hujumiga qarshi mudofaasi, uchta aviatsiya eskadrilyasi joylashgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.